Indoneziyadagi aeroportga noma’lum jism qulab tushdi

  • 17:08 / 25.05.2020
  • 899

Bugun Semarang shahridagi Ahmad Yani nomidagi xalqaro aeroportga ulkan havo shariga o‘xshash “balandligi 4,7 metr, diametri 95 santimetr”ga ega bo‘lgan yana bir sirli obyekt quladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jism plastikdan yasalgan bo‘lib, u yonilg‘ini mahkam bo‘g‘lash uchun mo‘ljallangan simli tayanchga ega ekani va qiyinchiliksiz havoga ko‘tarilishi mumkinligi aniqlandi.
Indoneziya aviakompaniyasi AirNav ushbu shar bilan to‘qnashish xavfi to‘g‘risida uchuvchilarni ogohlantirgan. Shuningdek, aviakompaniya ijtimoiy tarmoqlar orqali har xil turdagi uchar qurilmalarning xavfi va qoidabuzarlarga nisbatan tegishli jazo choralari mavjudligi haqida ham eslatib o‘tgan.
Qizig‘i shundaki, bu holat birinchisi emas. Kecha, 24-may kuni ham Indoneziyaning Sragen tumanidagi Davung qishlog‘i osmonida paydo bo‘lgan katta fonarga o‘xshash noma’lum jism yerga qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.