Indoneziyadagi yong‘inlar o‘rmonlarning kamayishiga jiddiy sabab bo‘lmoqda

  • 21:05 / 08.10.2019
  • 26

Картинки по запросу Intense Forest Fires Threaten to Derail Indonesia’s Progress in Reducing Deforestation

So‘nggi bir necha hafta ichida Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlari dunyo bo‘ylab dolzarb mavzuga aylandi. Bu yilgi o‘rmon yong‘inlari millionlab odamlarga ta’sir qildi. Ba‘zi joylarda havoning ifloslanishi xavfi tufayli maktablar yopildi, ko‘plab odamlar nafas olish kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Tuman Singapur va Malayziyaga ta’sir ko‘rsatadigan darajada tarqaldi.

O‘rmon yong‘inlari davriy bo‘lib, odatda Indoneziyada har yili iyuldan oktabrgacha sodir bo‘ladi, bu yilgi mavsum 2015-yildan beri eng yomoni bo‘lib, yong‘inlar 16 milliard dollargacha iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pincha yerlarni qasddan tozalash maqsadida uyushtiriladigan yong‘inlar Indoneziyada so‘nggi yillarda o‘rmonlarning kesilishini to‘xtatish borasida erishgan yutuqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Teglar