Indoneziyaning sobiq prezidenti vafot etdi

  • 19:17 / 11.09.2019
  • 41

Indoneziyaning sobiq rahbari Buxaruddin Yusuf Xabibi 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jakarta Post xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 9-sentabr, dushanba kuni Xabibining sog‘lig‘i yomonlashgan. Shundan so‘ng u Jakartadagi harbiy gospitalning reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Indoneziya sobiq prezidentining o‘limi haqida uning jiyani, qo‘shiqchi Melani Subono ma'lum qilgan.

Xabibi texnika sohasida ta'lim olib, keyinchalik Texnika va tadqiqotlar vazirligiga vazir bo‘ldi. Prezidentlik kursisiga 1998-yilda keladi.

Teglar