Innovatsion g‘oyalar insoniyat hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin

  • 15:40 / 09.11.2019
  • 32

Dunyo davlatlari bir vaqtlar resurslar uchun kurashgan bo‘lsa, hozirda innovatsion g‘oyalar sohasida yetakchilik uchun raqobat kuchaygan. Bu esa insoniyat uchun juda ham foydali bo‘ladigan hayratomuz yangiliklarni yuzaga chiqarmoqda.  

Aytaylik, 2017-yilda Buyuk Britaniyada sun’iy embrion olishga erishildi. 2019-yilning yanvarida xitoyliklar uchirgan apparat Oyning orqa tomoniga qo‘ndirildi. Isroilda 2019-yilning aprelida 3D printerda sun’iy yurak yasaldi. 

Global yuqori texnologiyalar dunyoni shu darajada o‘zgartirmoqda-ki, bu sohada yetakchi hisoblab kelingan hamma davlat ham o‘z pozitsiyalarini saqlab qololmayapti. O‘tgan yilgi hisob-kitoblarga qaraganda innovatsion g‘oyalar bo‘yicha 20 ta davlat “novatorlik o‘sayotgan ilg‘or davlat guruhi”ga kiritilgan. Ulardan 6tasi Afrika mintaqasiga taalluqli. 

Aholining har millioniga to‘g‘ri keluvchi olimlar soni bo‘yicha Isroil yetakchilik qilmoqda. Ushbu davlatda har million kishiga 8 ming 250 nafardan ziyod olim to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Daniyada 7 514,   Shvetsiyada 7 153, Koreyada 7 113, Singapurda 6 730 nafardan iborat.  

Dunyo davlatlari orasida yuqori texnologiyalar eksporti bo‘yicha Malayziya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Vyetnam, Xitoy, Singapur, Koreya, Chexiya egallagan. 

Ilmiy ishlar, innovatsion g‘oyalar bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha Lyuksemburgni hali hech qaysi davlat quvib yetolgani yo‘q. Bu ro‘yxatni Singapur, Shveysariya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Isroil davlatlari davom ettirib kelmoqda.

Teglar