Insoniyatni bir kunda halok qiladigan bakteriya

  • 18:36 / 06.09.2019
  • 1442

Bu bakteriyaga nisbatan na insonlarda va na hayvonlarda immunitet bor. U esa deyarli hamma joyda: barcha qitְ’a va materiklarda yashaydi.

Clostridium Botulinum spora hosil qiluvchi tayog‘i botulizm kasalligini keltirib chiqaradi. Bu zaharning to‘rt kilogrami yer yuzidagi butun insoniyatni yo‘q qilishi mumkin.

Clostridium Botulinum deyarli hamma joyda yashaydi, uni o‘rab turgan atrof-muhit sharoitiga juda qulay moslashadi. Arktik sovuq ham, dengizning sho‘r suvlari ham, cho‘lning issiqligi ham uni qo‘rqita olmaydi.

Inson bu infeksiyadan faqat bitta himoyaga ega: oshqozon kislotasi bakteriyaning rivojlanishini o‘ldiradi. Agar kasallik shakllanishi boshlangan bo‘lsa, uni to‘xtatish juda qiyin.

Botulizm tayog‘i bilan kasallangan bir luqma oziq-ovqat kasallikni yuqtirish va bir kun ichida vafot etish uchun yetarli.

Teglar