Instagram sahifangizni bezaydigan 10 ta ajoyib maskan

  • 17:01 / 16.08.2019
  • 1036

Odatda turistlarning qayerda dam olishlari sayohat agentliklari tomonidan tanlab beriladi. Bunda albatta, ko‘pchilik mehmonxonalarda qolishni istaydi. Ammo dunyoda tunab qolish uchun besh yulduzli mehmonxonadanda ajoyib joylar bor.

Yaqinda Hostelworld mehmonxona  xizmati 2019-yilda eng yaxshi instagrammable (suratini instagramda joylashtirishga arziydigan) yotoqxonalar reytingini tuzdi. Reytingdan joy olgan mehmonxonalar haqiqiqatan ham ajoyib. Yo‘lingiz tushib u yerlarga borib qolsangiz, telefoningiz qo‘lingizdan tushmay qolishi aniq. Chunki u joylarning har bir burchagida betakror suratlarga tushish mumkin. 

1.Calle 11 yotoqxonasi (Santa Marta, Kolumbiya) — bu rang-barang maskan umuman yotoqxonaga o‘xshamaydi. Mehmonxonaning chiroyliligidan sayohat uchun ko‘chaga chiqqingiz ham kelmaydi. 

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

2.Selina La Fortuna (Kosta-Rika) — bu yerda 4 yoki 8 kishilik oddiy xonalarda emas, shox-shabbalar va quritilgan barglardan qurilgan ajoyib chodirda yashaysiz. Instagram’ingiz yangi va ajoyib fotosuratlarga to‘lib ketadi.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

3.248 Street Hostel (Chiang May, Tayland) — Taylandning eng yaxshi yotoqxonalaridan biri bo‘lgan bu joyda siz tomdagi hovuzda cho‘milishingiz, ochiq havoda joylashgan barda maza qilib dam olishingiz mumkin.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

 4.USA Hostels Ocean Beach (San-Diyego, AQSh) — plyaj yaqinida joylashgan mehmonxonada San-Diyegoning eng yaxshi restoranlari, barlari joylashgan.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

5.Casa Elemento Hostel (Minka, Kolumbiya) — bu yotoqxonaning ulkan hammomlari uzoq vaqtlardan beri mehmonlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bundan tashqari bu yerda hovuzda cho‘milish, sharshara yonida sayr qilish va olov atrofida kechki yig‘inlar tashkil qilish mumkin.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

6.Gili Meno Eko Hostel (Gili Meno, Indoneziya) — bu yerning bambuk bungalo (keng verandali bir qavatli bitta xonadonli uy)lari allaqachon instagram’da haqiqiy hitga aylangan. Mazkur oroldagi yagona plyaj yotoqxona hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda — plyajda bo‘ladigan barcha tadbirlardan zavqlanishingiz mumkin: plyajda yotish, kechqurun olov atrofida o‘tirish yoki toshbaqalar bilan birga suzish mumkin.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

 7.Selina Nosara (Kosta-Rika) — shinamgina mehmonxonada atrofidagi yovvoyi tabiatni ziyorat qilishdan oldin maxsus yoga bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

 8.El Rio Hostel (Santa Marta, Kolumbiya) — bu yerda o‘zingizni kolumbiyalikdek his etishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan: atrofdagi go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lib, plyajda ideal darajada hordiq chiqarish mumkin. Bu yerda pashshaxonalar ichida ustingizga yopinchiq tashlab, miriqib uxlash mumkin. 

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

9.Travellers Oasis Backpackers (Keynns, Kvinslend, Avstraliya) — dunyodagi eng quyuq va tabiiy o‘rmon hisoblanuvchi Deyntri tropiklarida mazza qilib sayr qilish, xayolingizni band qilgan barcha tashvishlardan halos bo‘lishingiz mumkin.

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram

 10.Combo Venezia (Venetsiya, Italiya) — Venetsiya, bu yerda nafaqat yaxshi mehmonxonalarda, balki salqin yotoqxonalarda yashash ham zavqli. Ayniqsa XII asrning qadimiy monastr devorlari orasida kutubxona, kafe va barlar bo‘lsa, yana ham maroqli dam olish mumkin. 

10 невероятно стильных хостелов, которые станут украшением любого Instagram