Internetning miyaga ta’siri: olimlar o‘nlab tadqiqot natijalarini ma’lum qilishdi

  • 11:23 / 10.08.2019
  • 568

Oksford va Garvard universitetlari, London qirolligi kolleji va G‘arbiy Sidney universitetlari olimlari tomonidan internetning inson ruhiyati va aqliy qobiliyatlariga ta’siri bo‘yicha o‘nlab tadqiqotlar o‘tkazishdi.  Ular internetdan haddan tashqari ko‘p foydalanish insonning atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborini susaytirib, xotiraning buzilishiga olib keladi, degan xulosaga kelishdi. 

Internetda kerakli ma’lumotlar izlanayotganida foydalanuvchiga taqdim qilinadigan reklama xabarlari, chegirmalar kabi chalg‘ituvchi media mahsulotlar miya funksiyalariga bevosita ta'sir qiladi. Diqqatni jamlash qobiliyati, ayniqsa, onlayn-xaridlar amalga oshirilayotgan vaqtda yomonlashadi. Offlayn faoliyatlarda esa, masalan, kitob yoki gazeta o‘qilayotganida bunday holat kuzatilmaydi.  

"Internetdagi cheksiz so‘rov va bildirishnomalar bizni doimiy ravishda turli narsalarga e’tiborli bo‘lishga undaydi. Natijada esa bitta narsaga diqqat bilan e’tibor berish qobliyatimizga putur yetadi. Psixologlarning so‘zlariga ko‘ra, onlayn rejimda doimiy ravishda bir vazifadan ikkinchisiga o‘tadigan odamlar boshqa narsaga e’tibor qaratish uchun ko‘proq aqliy kuch sarflashlariga to‘g‘ri kelar ekan. 

Yana bir xavf shundaki, internet kundan kunga "tashqi xotira"ga aylanib bormoqda. Odamlar ko‘proq smartfonga ishonib qolishmoqda. Natijada miya topilgan ma’lumotni saqlash o‘rniga, uni qayerdan topish mumkinligini yaxshiroq eslab qolmoqda. 

Masalan, bir tadqiqotda odamlar ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhdagilar internetdan, ikkinchi gruhdagilar kitobdan  ma’lumot  izlashlari kerak edi. Internetdan izlaganlar ma’lumotni tez topishgan. Ammo nima haqida gap ketayotganini kitobdan ma’lumot olganlarchalik anglab yetishmagan. 

Internet inson miyasidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab, barcha ma’lumotlarni smartfondan osongina topish mumkinligiga ishontirib qo‘yishi mumkin, deya olimlar internet foydalanuvchilarini ogohlantirishmoqda.