Internet tezligining pastligi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

  • 22:25 / 09.09.2019
  • 390

Sekin internet inson so‘g‘lig‘iga jiddiy tahdid solishi mumkin. Shvetsiyaning bir guruh olimlari o‘tkazilgan tadqiqotlardan so‘ng shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi Life nashri.

Ilmiy loyiha doirasida “Video oqimining kechikishi bilan bog‘liq stress” deb nomlangan tajribaga olimlar 200 ta ko‘ngillilardan smartfon va planshetlarda video tomosha qilishlarini so‘rashdi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar ko‘ngillilarning pulsi, miya faoliyati va ko‘z harakati tezligini o‘lchashgan.

Tajriba davomida video to‘xtamasdan davom etganida ko‘ngillining ahvoli neytralligi, biroq video bir necha soniyaga to‘xtab-to‘xtab davom etganida ularning yurak urush tezligi sezilarli darajada oshganligi qayd etildi.

Aniqlanishicha, bunday paytda odam og‘ir stressga tushgandagiday hissiy stressni boshdan kechiradi.

Insondagi bunday hol ruhiyatga katta zarar yetkazadi va hatto jiddiy kasalliklarga olib kelishi ham mumkin, deya hisoblaydi olimlar.