Iqlim o‘zgarishi insoniyatga 1,8 trillion dollarga tushishi mumkin

  • 21:12 / 10.09.2019
  • 263

Global iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun xalqaro hamjamiyat 2020-2030-yillarda 1,8 trln. dollar sarflashga majbur bo‘ladi. Ushbu ma'lumotni 10-sentabr, seshanba kuni The Standard adaptation Global Commission (GCA) tashkiloti o‘z hisobotida keltirib o‘tdi.

"Biz iqlim o‘zgarishi yo‘nalishini o‘zgartira oladigan oxirgi avlodmiz va bundan keyin qanday oqibatlarga olib kelishini biladigan birinchi avlodmiz", – deya Pekindagi ma'ruza paytida BMTning sobiq bosh kotibi va Global komissiya rahbari Pan Gi Munning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi hisobotda. Sobiq bosh kotib o‘z ma'ruzasida AQSh prezidenti Donald Trampni Parijdagi iqlim kelishuviga yana qaytishiga chaqirdi.

Hisobotda aytilishicha, butun dunyo "hozir oldini olishning iloji bo‘lmagan sharoitlarga moslashish uchun keng ko‘lamli tadbirlarga sarmoya kiritishi kerak".

Teglar