Iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda qaror qabul qilish usullari

  • 23:16 / 02.12.2019
  • 44

Mahalliy hokimiyat organlari iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda qarorlar qabul qila boshlaydi

2-dekabr kuni Termiz shahrida "mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qaror qabul qilishning zamonaviy usullari va ularda iqlim o‘zgarish faktorlarini kiritish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Xabardor.uz manbasiga ko‘ra, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi hukumati, BMT taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘armaning – “O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar joy binolarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi ko‘magida tashkil etildi.

Seminarda mahalliy hokimliklar va mahalliy boshqaruv organlari. mahallalar tomonidan qaror qabul qilish jarayonida gender tengligining ahamiyatiga e'tibor qaratildi. 


Surxondaryo viloyatida 185ta energiya tejamkor uy-joylar qurildi

Ishtirokchilar shaharsozlik, energiya iste'moli, atrof-muhit muhofazasi, energiya samaradorligi, turar-joy infratuzilmasini yaratish, yer ajratish, qurilish ruxsat berish, qurilish materiallaridan foydalanish, iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda qaror qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

“Qishloqqurilishloyiha” bosh loyiha-qidiruv instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari Baxtiyor Xolbaevning belgilab o‘tishicha:

–Surxondaryo viloyatida 185 ta bir qavatli energiya tejamkor, past uglerodli qishloq uy-joylar qurildi. Barcha uylar yoritish uchun fotoelektrik panellar bilan jihozlangan va ularning 2 tasida issiq suv uchun quyosh kollektorlari bilan jihozlangan. Shuni ta'kidlash kerakki, uy-joy sektoridagi energiya tejamkor va kam karbonli yechimlar arzon va toza energiyani qo‘llanishini ta'minlaydi, bu esa atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday uyning afzalligi elektr va isitishni tejash qobiliyatidir, bu uyning egasi va atrof-muhit uchun foydalidir, chunki uyning yoritilishi va isitilishi uglevodorod yoqilg‘isining yonishidan olinadigan katta miqdordagi energiyaga sarflanmasligi tufayli issiqxona gazlari chiqindilari kamayadi.


Me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tinglandi

Seminarda me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tinglandi.  Aniqlanishicha, tavsiyalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi muammolarni, jumladan, shaharsozlik, energiya iste'moli, atrof-muhit muhofazasi, energiya samaradorligi, turar-joy infratuzilmasini yaratish, yer ajratish, qurilish ruxsat berish, qurilish materiallaridan foydalanish, energiya iste'moli, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jamiyat va mahalliy davlat hokimiyati darajasida qaror qabul qilishda, hal etishning muhim sharti sifatida ko‘riladi.

Seminarda loyihalash va qurilish tashkilotlari, viloyat hokimligi, viloyat kadastri, Qurilish vazirligining viloyat boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qo'mitasi, "Qishloqqurilishinvest" injiniring kompaniyasi, "Qishloqqurilishloyiha" bosh loyiha-qidiruv instituti Surxandaryo filiali va viloyat Davlat tabiatni muhofaza qilish boshqarmalaridan 20 dan ortiq vakillar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini jamiyat darajasida yumshatish maqsadida seminar davomida berilgan barcha tavsiyalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

“O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joy qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” 2017-yilda yaratilgan loyiha bo‘lib, shundan buyon O‘zbekistonning beshta tajriba hududlarida: Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 800 ta energiya tejamkor uy-joy qurilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xabardor.uz