Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rossiyalik hamkasbi bilan uchrashdi

  • 18:25 / 14.02.2020
  • 81

Rossiya Federeatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Tweeter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Biz iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini, shu jumladan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, mintaqalararo hamkorlikning ikkinchi forumini o‘tkazishni muhokama qildik, deyiladi xabarda.

Maksim Reshetnikovning bildirishicha, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yuqori sur’atda o‘smoqda. Xususan, 2019-yilning yanvar-noyabr oylari oralig‘idagi savdo aylanmasi 4,5 mlrd.  AQSh dollarini tashkil etgan.