Iroq JCh-2022 saralash bosqichidagi uy o‘yinlarini Iordaniyada o‘tkazadi 

  • 19:53 / 07.11.2019
  • 43

14 va 19-noyabr kunlari Osiyoda JCh-2022 saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

“C” guruhidan joy olgan Iroq terma jamoasi o‘z maydonida 14-noyabr kuni Eronni, undan keyin 19-noyabrda Bahraynni qabul qilishi lozim edi. Biroq mamlakatda yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli FIFA Iroq terma jamoasiga o‘z maydonida o‘yin o‘tkazishga ruxsat bermadi. 

Natijada Iroq futbol federatsiyasi navbatdagi ikki uchrashuvni Iordaniyada o‘tkazishga kelishib oldi. 
“Biz Iordaniyani tanladik, endi Eron va Bahraynga qarshi bahslarni shu davlatda o‘tkazamiz. Hozircha FIFA’ning tasdig‘ini kutyapmiz” dedi bu haqida federatsiya rahbari Abdelxoliq Masud. 

Eslatib o‘tamiz, guruh jadvalida Iroq 7 ochko bilan birinchi, xuddi shuncha ochko to‘plagan Bahrayn ikkinchi, Eron esa 6 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.