Iroq hukumati noroziliklar paytida yana Internetni oʻchirib qoʻydi

  • 17:43 / 06.11.2019
  • 38

Iroq hukumati Bagʻdod va mamlakatning janubiy mintaqalari aholisi uchun yana Internetga kirishni yopdi, deya xabar beradi NetBlocks kiberxavfsizlik tashkiloti.

Xabarga koʻra, Bagʻdodda internet trafik hajmi odatdagi darajadan 19% gacha tushib ketdi. Bu mamlakatda tartibsizliklar boshlangan 1-oktabrdan beri telekommunikatsiya sohasidagi eng jiddiy cheklov.

25-oktabrda hukumatga qarshi namoyishlarning ikkinchi toʻlqini mamlakatni qamrab oldi. Hukumatning siyosatidan norozi boʻlgan Iroq xalqi Bogʻdod, Ed-Diva va En-Nosiriya shaharlarida koʻchalarga chiqishdi.

1-oktabr kuni norozilik bildirgan namoyishchilar dastlab hokimiyatdan yoshlar ishsizligi va korrupsiyasiga eʼtibor berishlarini talab qilishdi. Keyinroq esa siyosiy tizimni oʻzgartirish talablari bilan chiqishni boshladi. Iroq Bosh vaziri Adil Abdul-Mahdi hukumatda oʻzgarishlarni amalga oshirishga, shuningdek, ijtimoiy sohada islohotlarni amalga oshirishga vaʼda bergan, ammo namoyishchilar bunga rozi boʻlishmagan.

Teglar