Issiq ovqatlarni sovutgichga qo‘yib bo‘lmaydi. Bu afsonami yoki haqiqat?

  • 21:06 / 03.12.2019
  • 101

Muzlatgichga ovqatni issiqligicha qo‘yish mumkin emas, chunki bu uning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Aslini olganda bu ayni haqiqat: gazdan olingan ovqatni shu zahotiyoq muzlatgichga qo‘ymaslik kerak. Biroq uni muzlatgichga joylash uchun ovqatni xona haroratiga kelishini kutish shart emas, faqatgina bir soat kutish yetarli bo‘ladi. Ushbu masala bo‘yicha bir nechta “afsona”lar mavjud.

Issiq ovqat tez buziladi

Juda yuqori haroratda oziq-ovqat tarkibidagi bakteriyalar o‘ladi. Xona haroratida esa ular ko‘payadi. Sovutgichdagi harorat +4 darajaga teng. Ushbu haroratda mikroorganizmlar kamroq faollashadi. Ovqat qanchalik tez muzlatgichga qo‘yilsa, shunchalik uzoq vaqt yomon bo‘lmay turadi.

Issiq ovqat muzlatgichning ishlashiga ta’sir qiladi

Issiq ovqat sovutgichning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ana baribir ta’sir qilar ekan-ku deyishga shoshilmang. Sovutgichlarning zamonaviy modellari bu ta’sirdan himoyalangan. Bu holatdagi zarar faqat eski rusindagi sovutgichlarga tahdid qilishi mumkin. Masalan, agar siz “Mir” muzlatgichini ishlatadigan bo‘lsangiz, uni issiq mahsulotlardan himoya qilish kerak. Agar eski modeldagi muzlatgichga issiq idishni qo‘ysangiz bug‘latgichga ortiqcha bug‘ joylashadi va u muzga aylanadi. Bu datchikning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy modellarda esa issiq ovqat sovutgichning ko‘p elektr energiya sarflab, zo‘riqib ishlashiga sabab bo‘ladi. Chunki issiqlikni sovutish uchun muzlatgich ko‘p kuch sarflaydi. 

Shunday qilib, issiq ovqat sovutgichga zarar yetkazishi haqidagi afsonaga, eski muzlatgichlarning ishlash tizimi sabab bo‘lgan ekan. 

Mahsulotlarni qanday sovutish kerak?

Agar siz muzlatgichga issiq ovqat qo‘yishni istamasangiz yoki eski muzlatgichdan foydalansangiz unda issiq taomni oson sovutish uchun bir necha usullardan foydalanishingiz mumkin:

1.  Ko‘cha sovuq bo‘lganda ovqatni tashqariga yoki balkonga olib chiqib qo‘ying. Yana ham tezroq sovushini istasangiz idish ustini nam sochiq bilan o‘rab qo‘ying. 


2.  Kattaroq idishga sovuq suv solib issiq ovqatni idishi bilan uning ichiga solib qo‘ying.  

Yangi chiqqan sovutgichlarning ayrim modellarida faqatgina issiq ovqat qo‘yilgan qismini kuchli sovutishga imkon beruvchi tizim mavjud. Bunday muzlatgichlarda havoni ventilatsiya qilish tizimi ham bo‘ladi.