Italiyaga iyunning ikkinchi yarmidan katta futbol qaytadi

  • 15:35 / 30.05.2020
  • 62

A Seriya rasmiylari 17-may kuni Italiya Kubogi o‘tkazilishini ma’lum qildi. 
20–21-iyundan esa chempionat o‘yinlari qayta boshlanadi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Mamlakat sport vaziri Vinchenso Spadafora A Seriya o‘yinlari o‘tkazilishiga ruxsat bergan. 
O‘z bayonotida Spadafora Italiya Kubogi milliy chempionatdan bir hafta oldin o‘tkazilishini tasdiqlagan. Biroq yarim final va final uchrashuvlari aynan qaysi sanada o‘tkazilishi aytilmagan.
A Seriya rasmiylari bergan bayonotda esa final 17-iyunda o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Biroq yarim final uchrashuvlari sanasiga oydinlik kiritilmagan.