JCh-2022: O‘zbekiston Yamanni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 20:30 / 10.10.2019
  • 456

Bugun Toshkentning Paxtakor stadionida 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralashi 3-tur bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston — Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarni Sanjar Qodirqulov, Eldor Shomurodov, Jamshid Iskandarov, Islom To‘xtaxo‘jayev va nihoyat, 90-daqiqada Igor Sergeyevlar kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning guruhdagi ochkolari soni 3 taga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz navbatdagi o‘yinni 15-oktabr kuni safarda Singapur terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.