JCh-2022 saralash bahslari “D” guruhi uchrashuvlari oldidan yig‘in boshlandi (FOTO)

  • 18:44 / 02.11.2019
  • 424

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig‘inga kirishdi. Bu haqida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali xabar bermoqda. 

Jahon chempionati-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi, shuningdek, mazkur o‘yinlar oldidan o‘tkaziladigan Qirg‘iziston bilan uchrashuvga hozirlik olib borish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan poytaxtning “Jar” sport majmusi stadionida yig‘in boshladi.  

Yig‘inning dastlabki kunidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.