Jami aholisi bir uyda yashaydigan gʻaroyib shahar

  • 10:10 / 17.08.2019
  • 1821

Zamonaviy arxitektorlarning binolarni qurishdagi fantaziyalarining chek-chegarasi yoʻq. Masalan, Polshadagi Sopot shahridagi Qiyshiq uy tekis burchaklarsiz boʻlsa, Portugaliyadagi togʻlarda barpo etilgan tosh uy tabiat tomonidan hosil qilingan ulkan harsanglar orasiga qurilgan. Yana bir oʻziga xos binoni Alyaska yarim orolining shimoli-sharqida uchratish mumkin. Bu yerda ulkan togʻ, yovvoyi oʻrmon va muzliklar orasida bor-yoʻgʻi bir dona uydan iborat Uittiyer shahri joylashgan. Urushdan keyingi davrda suvi muzlamaydigan koʻrfazda joylashgan bino harbiy dengiz bazasiga tegishli boʻlgan. Oʻn toʻrt qavatli bino yaqinida ilgari mahalliy aholining xususiy uylari boʻlgan. Biroq 1964-yilda ularning bari sunami sababli katta talofot koʻrgan. Oʻn uch metrga yetgan toʻlqinlar shaharchani haqiqiy harobaga aylantirgan. Koʻp qavatli uyni tiklashga muvaffaq boʻlingan, biroq yuz bergan hodisa harbiylarni baza uchun boshqa joy izlashga majbur qilgan. Natijada boʻsh qolgan binoga mahalliy aholi kelib oʻrnashgan.

Единственный на Земле город, все население которого живет в одном доме

Umuman olganda, koʻp qavatli bino shahardagi yagona turar-joy boʻlibgina qolmay, uning ichi jami infratuzilma bilan jihozlangan. Misol uchun bu yerda politsiya mahkamasi, klinika, cherkov, sport zali, kutubxona va boshqa zaruriy muassasalar mavjud. Aholining soʻnggi marta roʻyxatga olinishi bilan bogʻliq maʼlumotlarga koʻra, bu yerda 220 kishi istiqomat qiladi. Harbiylar ketganidan keyin koʻp narsa oʻzgartirilib, takomillashtirilgan, goʻzallik salonlari va turli doʻkonlar ochilgan.

Единственный на Земле город, все население которого живет в одном доме

Единственный на Земле город, все население которого живет в одном доме

Mahalliy oʻquvchilar uchun taʼlim muassasasigacha issiq tunel yotqizilgan. Joyning qorli va yomgʻirli ob-havosi hisobga olinadigan boʻlsa, bu juda qulay. Shaharga quruqlik boʻylab 3 kilometrli pullik tunel orqali borish mumkin, u yerda poyezdlar harakatlanadi. Shaharning faol aholisi bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar uchun ekskursiyalar oʻtkazadi va hatto bir necha xonadonlarda tashkil etilgan mehmon uylarida yashashni ham taklif etadilar.