Janni Infantino “Paxtakor”ni chempionlik bilan tabrikladi

  • 23:00 / 30.09.2019
  • 656

Картинки по запросу Джанни Инфантино

Xabaringiz bor, Toshkentning “Paxtakor” klubi Coca Cola Superliga 20-turi doirasida Bekobodda “Metallurg”ni 2:1 hisobida magʻlub etdi va muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. 
 
“Sherlar” Bekoboddagi gʻalabadan soʻng Oʻzbekistonning 12 karra chempionlariga aylanishdi. Bu haqida O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga maktub yoʻllab, “Paxtakor” klubini mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqqani bilan tabrikladi. 
 
“Paxtakor” klubi 2015-yildan buyon ilk marta yana Oʻzbekiston chempionligini tantana qildi. Ushbu yutuq klubning ahil va mehnatkash jamoasi, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarining ulkan mashaqqati mahsulidir. Mazkur muvaffaqiyat bilan “Paxtakor” klubining barcha vakillari hamda ishqibozlarini muborakbod etaman”, deya oʻz tilaklarini yoʻlladi FIFA prezidenti.

Teglar