Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 million dollarga qasr sotib oldi

  • 17:12 / 13.02.2020
  • 492

“Amazon” kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy insoni, amerikalik Jeff Bezos Kaliforniya shtatining Beverli-Xillz shaharchasidan o‘zi uchun turar-joy tanladi. 
Bu ko‘chmas mulk bitimi Los-Anjeles tarixidagi eng qimmati, deya hisoblanmoqda. 
Qasr biznesmenga 165 million dollarga tushdi. Turar-joy maydoni 3,6 gektarni tashkil etadi. Uy ichida bir nechta bog‘, xonalar, golf maydoni va tennis korti o‘rin olgan. Bezos bularning barini mediamagnat Devid Geffendan xarid qildi. Oldi-sotdi jarayonida agentlar ishtirok etmagan.
“The Wall Street Journal” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Geffenning o‘zi bu dang‘illama hovlisini 1990-yil “Warner Bros.” kompaniyasi prezidenti Jek Uornerdan 47,5 million dollarga xarid qilgan

Teglar