Jek Ma “Alibaba” rahbarligidan ketdi

  • 16:33 / 10.09.2019
  • 529

Xitoyning Alibaba internet-riteyleri asoschisi Jek Ma kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi

Jek Ma 10-sentabr kuni 55 yoshga to‘lgani munosabati bilan kompaniya rahbarligidan iste'foga chiqqan. Endilikda uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallagan.

Bloomberg’ning yozishicha, iste’foga chiqqaniga qaramay, Jek Ma kompaniyada asosiy shaxs bo‘lib qolaveradi. Deniyel Chjan muhim qarorlarni Alibaba asoschisi bilan birgalikda qabul qilishi mumkin.

Jek Ma Alibaba’ni tark etish niyatini ilk bor o‘tgan yili sentabrda ma’lum qilgan edi. O‘shanda u ta’lim sohasidagi xayriya loyihalari bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini bildirgan.

Bloomberg'ga ko‘ra, Jek Maning boyligi 41,8 milliard dollarga teng. U Osiyoning eng badavlat ikkinchi odami.

Teglar