Joriy yil 8 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishida qabul bo‘ladi

  • 13:24 / 02.05.2020
  • 255

Joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi 7 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha qabul bo‘ladi. Bu haqda O‘zDJTU dotsenti Beruniy Alimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida post qoldirgan.
 
Ular:
–   O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

–   O‘zbekiston milliy universiteti;

–   O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

–  Qoraqalpoq davlat universiteti;

–  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

–  Samarqand davlat chet tillar instituti;

–  Vebster (AQSh) universitetining Toshkentdagi filiali.

Shuningdek, ayrim manbalar 2020/2021 o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida ham “Travel journalism“ yo‘nalishiga qabul bo‘lishi haqida yozmoqda.