Kanada o‘z fuqarolarini yapon kruiz layneridan evakuatsiya qilmoqchi

  • 13:04 / 16.02.2020
  • 257

Kanada hukumati Yaponiyadagi “Diamond Princess” kruiz kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqchi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. Tez orada Yaponiyaga kanadaliklarni olib qaytadigan maxsus samolyot jo‘natiladi.
 
“Bu qaror “Diamond Princess” kemasidagi fuqarolarimizning favqulodda holati bois qabul qilindi”, deya izoh bildirgan diplomatlardan biri.

Yokogama portida karantinda saqlanayotgan kema bortida 255 nafar Kanada fuqarosi mavjud. Ulardan 15 nafari koronavirus bilan kasallangan. Uyga faqat sog‘ odamlar qaytishadi. Kasallanganlar esa yaponiyalik shifokorlar nazorati ostida qoldiriladi. 

Ta’kidlash lozimki, “Diamond Princess” kemasi bortida 50 ta mamlakatdan 3700 nafar yo‘lovchi va  ekipaj a’zolari mavjud. Ulardan 355 kishi koronavirusga chalinganligi aytilmoqda.