Karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

  • 18:00 / 25.03.2020
  • 140

Bugun, 25-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, kecha bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma’qullandi.

Unga ko‘ra, endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori fuqarolar uchun 6,690,000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun 11,150,000 so‘mgacha oshirildi.

Jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Shuningdek, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.