Karantin vaqtidagi ilk to‘y: Olmaliqda nikoh to‘yi o‘tkazildi (foto)

  • 17:33 / 01.06.2020
  • 1555

Olmaliqda ishtirokchilar soni 30 kishidan iborat birinchi to‘y o‘tkazildi. Rasmda kuyov va kelinni himoya niqobida ko‘rish mumkin. To‘yga kelgan mehmonlar ham oraliq masofani saqlashga harakat qilishgan.
“Yoshlar mavjud holatni to‘g‘ri qabul qilishgan va karantindagi vaziyatni inobatga olgancha nikoh qurishdi”, deyiladi xabarda.

Olmaliq “yashil” hududda. 1-iyundan “yashil” hududlarda o‘z uyida ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmagan holatda oilaviy tadbir va nikoh to‘ylarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda sanitar-gigiyenik chora-tadbirlarga qat’iy amal qilish zarur bo‘ladi.