Karantindan chalg‘itishga yordam beruvchi sarguzasht filmlarning top-5 taligi

  • 21:00 / 21.05.2020
  • 769

Ekshin elementlari qatnashgan, turli kutilmas sarguzashtlarga boy filmlarni xush ko‘rasizmi? Bunday filmni tomosha qilish davomida tomoshabin uni nima kutib turganini bilmaydi, voqealar rivojining o‘zi tomoshabinni yetaklaydi, xolos. Biz sizni hayratga soluvchi va boshidan-oxirigacha ekran qarshisiga mixlaydigan eng yaxshi sarguzasht filmlarning beshtaligini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik. Uni e’tiboringizga havola qilamiz...
 
“Mumiya: Ajdarholar imperatori dahmasi” (Мумия: Гробница императора драконов)

Qadimgi Xitoyda qattiqqo‘l va yovuz sardor butun qirollikni birlashtiradi va ajdarholar imperatoriga aylanadi. Imperator abadiy hayotga erishishni istab, bir sehrgarni chaqiradi. Ammo sehrgar mangulik sehr-jodusi yordamida yovuz imperatorni mangu unutishga ravona qiladi. Qirollikdagi hayot tinchiydi va bor yovuzliklar unutiladi. Biroq kunlardan bir kun tavakkalchi tadqiqotchi Rik O’konnell o‘zi bilmagan holda imperatorni uyg‘otib qo‘yadi. Endi voqealar rivojini bir tasavvur qilib ko‘ring-a! Qolganini film orqali bilib olasiz.
 
“Divergent”

Filmda fantastika va fentezi ustunlik qiladi. Chikagoda istiqomat qiluvchi jamiyat hukumat tomonidan o‘rnatilgan besh fraksiyaga bo‘lingan qat’iy talablar asosida yashaydi. Filmning asosiy qahramoni Beatris ismli qiz ushbu fraksiyalarga bo‘ysunishdan bosh tortadi. To‘g‘rirog‘i, uning tabiati bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki Beatris o‘zini hech bir ma’lum fraksiyaga tegishli bo‘lishini istamaydi. Hukumat boshida turganlar bunday turdagi odamlarni “divergent” – boshqarib bo‘lmaydigan shaxs, deb qabul qilishadi. Xo‘sh, Beatrisni mustahkam shakllanib bo‘lingan talablarga bo‘ysundira olishadimi-yo‘qmi?
 
“Xobbit: Besh guruh jangchilar kurashi” (Хоббит: Битва пяти воинств)

Film syujeti afsonaviy trilogiyaning a’zosi, xobbit Bilbo Beggins va 13 gnomning Yolg‘iz tog‘ uchun kurashidan iborat bo‘ladi. Yolg‘iz tog‘da gnomlar salnatining javohiri yashiringani sabab u yerda ajdarholar qo‘nim topishgan bo‘ladi. Tog‘ yonida Bilbo besh saltanat a’zolaridan iborat kuchli armiya yig‘adi va javohirni qo‘lga kiritishga kirishadi. Javohir ularga nasib qiladimi-yo‘qmi, buni filmni tomosha qilish orqali bilib olishingiz mumkin.
 
Tomb Raider: Lara Kroft (Tomb Raider: Лара Крофт)

2018-yilda olingan “Lara Kroft” filmida sarguzashtlar izlovchi qizning boshdan kechirganlari hikoya qilingan edi. Lara o‘z otasi boshlagan ishni yakuniga yetkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi. Uning so‘nggi istagini amalga oshirish uchun bosh qahramon ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan o‘tkazadi.
 
“Och o‘yinlar: Masxara-xo‘jasavdogar” 1-bo‘lim (Голодные игры: Сойка-пересмешница. Часть-1)

Asosiy qahramon Kitniss Everdin o‘z singlisini topish ilinjida isyonchilarning 13-mavzesiga tushib qoladi. Uning rahbarligi ostida qolgan tumanlar Kapitoliy hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘alon boshlaydi va Katniss qarshilikning ramziga aylanib qoladi. Qarabsizki, shafqatsiz o‘yin Kittning boshiga turli kulfatlar soladi va o‘yin chin ma’noda dahshatli voqealar rivojiga aylanadi.