Kayfiyatni ko‘tarish uchun qaysi filmlarni ko‘rish kerak?

  • 18:08 / 03.12.2019
  • 1071

Collider nashri 25 ta ilhomlantiruvchi filmlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ularni tomosha qilib kayfiyatingiz ko‘tariladi va muhim masalalarni hal qilish uchun o‘zingizda kuch topasiz

Jurnalistlar Disney kompaniyasining “Aladdin” (1992) multfilmini birinchi o‘ringa qo‘yishdi. Ularning fikricha, barcha qiyinchiliklarga qaramay go‘zal malika qalbini zabt etgan yigit haqidagi klassik ertak odamlarga yana olg‘a qadam tashlash kerakligini eslatib turadigan yaxshi namunadir. 

Ikkinchi o‘rinni Rob Raynerning romantik-komediya janridagi “Malika-kelin” (1987) filmi oldi, bu qisqa vaqt ichida kundalik tashvishlardan xalos bo‘lishga yordam beruvchi kulgili va biroz ma’yus sevgi hikoyasi.

Uchinchi o‘rin 1986-yilda Universal Pictures tomonidan suratga olingan birinchi to‘liq metrajli film – “Amerikaga yo‘l”ga nasib qildi. Unda sichqonchaning dadillik bilan Amerikaga qilgan sayohati haqida hikoya qilinadi. 

Ulardan keyin birinchi o‘ntalikka quyidagi filmlar kiritilgan: Alisy Silverstoun va Pol Raddom o‘ynagan “Bekorchilar” (“Бестолковые” 1995) o‘smirlar komediyasi, Jek Blek ishtirokidagi “Rok maktabi” (2003) filmi, “Yomg‘ir ostidagi kuychilar” (1952) myuzikli, 80-yillarda suratga olingan klub hayotini aks ettiruvchi “Diskotekadagi so‘nggi kunlar” kartinasi, faol-to‘rtlik haqidagi “ Rashmor akademiyasi” (1998) filmi, shuningdek, “Ko‘cha kuychisi” (2016) va “Zootopia” (“Зверополис” 2016) filmalari. 

“Garri Potter va faylasuf toshi” hamda “Muzyurak” kartinalari eng pozitiv multfilmlar sirasiga kiritildi.

Кадр из фильма Гарри Поттер и Принц-полукровка