Kazino "otasi" Stenli Xo 98 yoshida vafot etdi 

  • 17:10 / 26.05.2020
  • 426

Xitoy Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, 1921-yilda Gonkongda tug‘ilgan Osiyodagi eng katta kazino imperiyasi asoschisi, mintaqadagi eng boy odamlardan biri – milliarder Stenli Xo Xung Sun 98 yoshida vafot etdi

Stenli Xo Osiyodagi eng boy odamlardan biri xisoblanib, "SJM Holdings" kazino biznesidagi eng daromadli kompaniyalardan birining asoschisidir. U Makaodagi eng katta kazino tarmog‘iga egalik qilardi. Shu sababli Xitoy ma'muriy okrugi bo‘lgan Makao mamlakatdagi eng katta qimor markaziga aylangan.

2018-yilda Stenli Xoning boyligi 6,4 milliard dollarga baholangan. U rasman to‘rt marta nikohdan o‘tgan, 17 nafar farzandi bor.