Kimyo sohasidagi Nobel mukofoti litiy-ionli batareyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan olimlarga nasib qildi

  • 17:03 / 09.10.2019
  • 42

Картинки по запросу Нобелевская премия по химии присуждена за развитие литий-ионных батарей

Kimyo sohasidagi Nobel mukofotini amerikalik fizik Jon Gudou, ingliz kimyogari Stenli Uittingem va yapon kimyogari Akira Yesino litiy-ionli batareyalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun qo‘lga kiritdilar. Sovrindorlarning nomlari Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasining marosimida e’lon qilindi.

Mukofotni, shuningdek, Myunxen universitetidan Rolf Xusgen va Kopengagen universitetidan Morten Meldal, sintetik organik kimyo rivojiga katta hissa qo‘shgan Oksford universiteti professori Edvin Sauzern ham olishi taxmin qilingan edi.

Mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida litiy-ion batareyalarini yaratuvchilar va CRISPR genom tahrirlash usulini tadqiq qiluvchi mutaxassislar ham bor.

2018-yilda ushbu nominatsiyadagi mukofotga amerikalik olim Frensis Arnold fermentlar evolyutsiyasi sohasidagi faoliyati uchun, amerikalik Jorj Smit va britaniyalik ser Gregori Ueynlar esa fag displeyini rivojlantirishdagi hissasi uchun sazovor bo‘lishgandi.

Teglar