Kinemotografiyaga qiziqasizmi? Unda O‘rta Osiyo kinemotografiyasi haqidagi onlayn ma’ruzalar aynan siz uchun

  • 16:46 / 25.05.2020
  • 78

Tashkent Film Encounters O‘rta Osiyo kinematografiyasi haqida ma’ruzalar seriyasini taqdim etadi. Ma’ruzalarni qozog‘istonlik tanqidchi, san’atshunos va “Yevraziya” festivalining art-direktori Gulnara Abikeyeva olib boradi.

Ilk onlayn ma’ruza saytda e’lon qilinib bo‘lindi. Unda ma’ruzachi Qozog‘iston kinosining rivojlanishi, istiqbollari borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, xalqaro arenada aylanishiga va ommalashishi mumkin bo‘lgan qozoq kinolentalari haqida so‘zlab berdi. Quyidagi ro‘yxat bilan yaxshilab tanishib olsangiz, siz ham O‘rta Osiyo davlatlari kinematografiyasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib olasiz.
• 28-may Qirg‘iziston kinosi.
• 4-iyun Tojikiston kinosi.
• 11-iyun kuni O‘zbekiston kinosi.

Teglar