Kinozallar hali ham yopiq: “Biz birmiz!” onlayn-loyihasi start oldi

  • 01:22 / 31.05.2020
  • 148

Kinozallar yopilgan bir vaqtda tashkilotchilar g‘aroyib, eng asosiysi, kerakli loyihani ishga tushirdi. Dunyodagi eng katta kinoforumlar internetga “yo‘l oldi”. Qanday qilib, deysizmi? 

29-maydan boshlab YouTube’da dunyoning 21ta festivalida yuzga yaqin tasmalarni o‘z ichiga olgan (Amerikaning Sandens kinofestivali, Venetsiya, Berlin, Toronto, San-Sebastyan, Mumbay kabi) onlayn-loyiha “Biz birmiz!” (We are one) ishga tushirildi. Koronavirus sabab qoldirilgan kinoloyihalar va festivallarning barini endi siz YouTube’dan topasiz! Endi istalgan foydalanuvchi kinemotografiyaga aloqador yangiliklardan istagan vaqtda, istaganicha xabardor bo‘lishi mumkin.

Nima uchun aynan “Biz birmiz”?
Loyihaning “Biz birmiz!” deb atalishi koronavirus bilan bog‘liq. Aniqroq qilib aytganda, koronavirus sabab kino tomoshalari ortga surildi yoki umuman qoldirildi. Endi tanqidchi va tomoshabinlarni bir yerga, internetga yig‘sa bo‘ladi. U yerda nafaqat barcha filmlarni tomosha qilish mumkin, balki rejissyorlarning debatlarini, shou yoki ko‘rgazmalarni ham tomosha qilish imkoniyati mavjud.