Kishini hayratga soluvchi 5 ta qadimiy xaroba

  • 10:21 / 05.08.2019
  • 1143

Bugungi kunda o'tmishga nazar solishning ko‘plab usullari mavjud. Qadimgi rasmlarni ko‘rishingiz yoki muzeyga tashrif buyurishingiz mumkin. Biroq vaqtlar bo‘ylab sayohat qilayotganingizni his qilishning eng yaxshi usuli uzoq tarixga ega bo‘lgan joylarga tashrif buyurishdir. Ushbu beshta qadimiy xaroba tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldiradi. Agar bu joylarga shaxsan tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lmasangiz , uyingizdan chiqmasdan sayohatga otlanishni  tavsiya qilamiz.

Ta Prum, Kamboja

Ta Prum ibodatxonasi Angkor shahrida joylashgan. U XII asr oxirida Xmer imperiyasining qiroli - Jayavarman VII tomonidan qurilgan. Ibodatxona buddistlar uchun monastir va o‘quv markazi bo‘lib xizmat qilgan.

та прум

Ta Prum XV asrga kelib o‘rmonda tashlandiq holda qolgan. Bugungi kunda o‘simliklar devorlar atrofida o‘ralganligi va shunchaki o‘ziga xos qiyofa yaratgani tufayli juda ta’sirli ko‘rinadi.

Ta Prohm

El-Kastilo, Meksika

El Kastilo - mezoamerikan zinali piramida bo‘lib, Chichen-Itsa yuragida joylashgan. Chichin-Itsa - Yukatan shimolidagi Mayya siyosiy va madaniy markazi.

эль кастильо

Shahar IX-XII asrlarda qurilgan. El Kastilo yangi yetti mo‘jizadan biri sifatida tan olingan, bu yodgorlikni yanada jozibali qiladi.

Luksor ibodatxonasi, Misr

Luksor shahri ko‘pincha “dunyodagi eng katta ochiq muzey” deb nomlanadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki unda juda ko‘p qadimiy inshootlar  jamlangan. Ulardan biri Luksor ibodatxonasidir.

луксорский храм

Kompleks miloddan avvalgi 1400-yilda qurilgan. Ibodatxona fir’avnlar davrining timsolidir, chunki bu xudolar emas, balki hukmdorlar sharafiga qurilgan yagona inshoot hisoblanadi.

луксор египет

Pompey, Italiya

Pompeyning qadimiy shahri qoldiqlari Italiyaning eng qiziqarli joylaridan biridir. Miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqonining otilishi oqibatida bir vaqtlar faol bo‘lgan Rim markazi vayronaga aylandi.

италия помпеи

Ushbu fojiali hodisa natijasida tutunli bulut hamma narsani, shu jumladan, 2000 kishini dafn etgan bo‘lsa ham, shahar mo’jizaviy ravishda omon qoldi. Pompey asrlar davomida kul va vulqon chiqindilari ostida yashiringan. Biroq 1748-yildagi qazishmalar paytida, bugungi kunda ham ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab san’at asarlari va binolar topildi.

помпеи италия

Petra, Iordaniya

петра

Miloddan avvalgi IV asrda barpo etilgan Petra shahri Yer yuzidagi boshqa joylarga o‘xshamaydi.

петра иордания

Petra qoyalarida o‘yilgan hayratlanarli inshootlar tabiiy va texnogen dunyo o‘rtasidagi chiziqni ajoyib tarzda xiralashtiradi. Pushti rangi tufayli shahar ko‘pincha “Pushti” deb nomlanadi.