Kitob mutolaasiga o‘rgatuvchi 5 layfxak

  • 16:28 / 08.11.2019
  • 409

Uzluksiz axborot oqimi davrida kitob mutolaa qilishga ko‘p vaqt ajrata olmaymiz. Ammo mutolaa nutqni boyitish, o‘zlikni tarbiyalash va dunyoqarashni kengaytirishning eng yaxshi usuli. Mutolaaga hech ham vaqt ajrata olmayapsizmi? 

Quyida mutolaa qilishga yordam beruvchi 5 layfxakni e’tiboringizga havola etamiz.

Elektron kitob sotib oling

чтение книг

Mutolaa bilan bog‘liq eng keng tarqalgan tavsiyalardan biri bu – yo‘lda kitob o‘qish. Ammo bir talay kitobni yo‘l-yo‘lakay olib yurishning imkoni yo‘q. Mana shunday holatlarda elektron kitob yoki telefon yordamga keladi. Ularning ikkala turini ham o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Uni istagan yerda – poyezd, metro va hatto, navbatda turganda ham o‘qish mumkin.

Diqqatni chalg‘itmang

чтение книг

Telefoningizdagi bildirishnomalar qurilmada mutolaa qilishingizga xalaqit qiladi. Oqibatda qabul qilinyotgan ma’lumotlarning oz qisminigina eslab qolasiz. Qolaversa, tinimsiz chalg‘iyverish kitob mutolaasini ortga surishga sabab bo‘ladi.
 
Chunki telefonga kelgan xabarda nima deb yozilgani sizga ko‘proq qiziqarli tuyuladi, to‘g‘rimi? Shu sabab telefonda mutolaa qilyotganingizda “parvoz” holatini yoqib qo‘ying.    

Mutolaa qilishni odatga aylantirish

чтение книг

Kitob o‘qishni odatga aylantishga qiynalyapsizmi? Buni odatdagidek boshlab olish mumkin: nonushtadan yarim soat yoki uxlashdan 50 daqiqa oldin kitob o‘qishni o‘z “grafigingizga” kiritib qo‘ying.

Yana boshqa yo‘li, bir mutolaaning o‘zida kitobning 10 foizini yoki 450 sahifasini o‘qishni odatga aylantirib olishingiz mumkin. 

Audiokitobdan foydalanib ko‘ring

чтение книг

Agar kundalik yumushlaringiz sabab kitob o‘qishga hech vaqt ajrata olmayotgan bo‘lsangiz, audio kitob eshitishni tavsiya qilamiz. Yoki buni ro‘zg‘or ishlarini bajaryotgan vaqtda amalga oshirsangiz ham bo‘ladi. Kimlardadir eshitib eslab qolish xususiyati kuchlilik qiladi.

Mutolaaga ko‘nikishni eng qiziq kitobdan boshlang

чтение книг

Kitob o‘qishni odatga aylantirishni fizika yoki shunga o‘xshash ilmiy kitoblardan boshlamagan ma’qul. Turli hikoyalar, adabiyot, roman yoki detektiv ruhdagi kitoblar qiziqishingizni oshirishga xizmat qiladi.

Teglar