Kitob o‘qishni yoqtirib qolishingiz uchun 3 tavsiya

  • 19:22 / 26.09.2019
  • 1527

Kitob o‘qish dunyoqarashni kengaytiradi, tasavvurni rivojlantiradi, notiqlik qobilyati va xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, so‘z boyligini oshiradi, charchoqni chiqaradi, hatto ba’zi olimlarning aytishicha, yoshlikni saqlab qolishga ham yordam beradi.

Siz kitob o‘qishni yoqtirmaysiz, ammo adabiyot olamiga yaqinlashmoqchisiz? Ishni nimadan boshlashni bilmaysizmi? Unday bo‘lsa, mana sizga 3 ta tavsiya:

1. Atrofingizni “o‘qiydigan” odamlar bilan qurshab oling.

фото взято с tlun.ru

Ularga “yetib olish”ga harakat qilasiz, chunki ular bilan suhbatda gap nimadaligini tushunmasangiz, keyin o‘zingizni noqulay his qilishingiz, tabiiy. Bu noqulaylikdan xalos bo‘lish uchun kitobga qanday qo‘l uzatganingizni bilmay qolasiz. Biz kimlar bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshashni boshlaymiz. Atrofingizdagi muhitni tanlang – qanchalik o‘zgacha bo‘lmang – muhit baribir sizga ta’sir qiladi. Muhimi, “o‘qiydigan” do‘stlaringiz ijtimoiy tarmoqlardagi “lenta”, yangiliklar va bloglar bilan cheklanib qolmaydigan, adabiyotga rostdan ham qiziqadigan odamlar bo‘lsin. 

2. Qiziqqan narsangiz bilan kitoblarni bog‘lang

фото взято с pexels.com

Masalan, agar kinoman bo‘lsangiz – o‘zingizga yoqqan filmlar janridagi kitoblarni tanlab o‘qing. Agar meloman – musiqa tinglashni yaxshi ko‘ruvchi bo‘lsangiz, avvalo, sevimli musiqachilaringiz biografiyasini, musiqiy janrlar yoki musiqiy asboblar tarixini o‘qib chiqing. Kitobga qanday sho‘ng‘ib ketganingizni bilmay qolasiz. Agar siz sportchi bo‘lsangizchi? Sport bilan bog‘liq kitoblar ham oz emas. Bugun istalgan mavzudagi kitobni topish qiyin bo‘lmay qoldi. 

3. Muhimi, qulay va yoqimli muhit yarating.

фото взято с pexels.com

Kitob o‘qiyotgan joyingiz maksimal darajada qulay bo‘lsin. Ehtimol, bu balkondagi kreslodir. Balki bir finjon qahva yoki uyqu oldidan karavotda 15 daqiqa yotib kitob o‘qishni istarsiz. Muhimi, sizni televizor, telefon kabi chalg‘ituvchi omillar bo‘lmasin. Yaqinlaringizni nima bilandir band qiling, itingiz yoki mushugingizni ovqatlantiring va sokinlik lahzalaridan kitob bilan birga bahra oling.