Kiyev aeroportida yoʻlovchining yuklari ichidan granata topildi

  • 16:14 / 02.12.2019
  • 147

Kiyevning “Borisil” aeroportida huquq-tartibot idoralari Kiyev – Xurgada reysi bilan ketayotgan erkakning yukidan granata topdilar, deya xabar beradi Kiyev viloyati politsiyasi matbuot xizmati.

Politsiyachilar “F-1” granatasi bilan portlash moslamasini olib oʻtishga harakat qilgan fuqaro donetsklik 36 yashar erkak ekanligini aniqladi. Yoʻlovchi Ukraina Jinoyat-protsessual kodeksining 208-moddasiga binoan ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Granatalarni olib oʻtishga uringanlik faktlari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Teglar