Ko‘hna qit’aning qadimiy qishloqlari

  • 22:45 / 03.01.2020
  • 737

Yevropada arxitekturalarining o‘ziga xosligi bilan poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan qolishmaydigan ko‘plab qishloqlar mavjud. Ularning atrofidagi g‘oyat go‘zal tabiat hatto tajribali sayohatchilarni ham zavqlantirishi mumkin. Quyida Yevropaning turli burchaklarida joylashgan eng go‘zal qishloqlar va kichik shaharchalar haqida ma’lumot beramiz.

Fransiyaning lojuvard qirg‘oqlaridagi Ez qishlog‘i

Bu Fransiyaning kurort hududidagi go‘zal joy. Aholi punktiga finikiyaliklar tomonidan asos solingan va qadimgi Misr ma’budi Isis sharafiga nomlangan. Ez shahridagi eng qadimiy bino 1306-yilda qurilgan “Oq birodarlar” cherkovidir.

Ko‘pgina taniqli odamlar bu yerda dam olgan va ijod qilganlar. Masalan, Nitsshe o‘zining “Zardusht tavallosi” nomli falsafiy romanini shu yerda yozgan.

Pitilyano, Italiya

Ushbu go‘zal shaharchaning aholisi atigi 4000 kishidan iborat. Mahalliy aholining juda katta qismi yahudiylardir, shuning uchun shahar Kichik Iyerusalim laqabini olgan. Shahar yaqinida ko‘plab etrusklarning tosh sag‘analari saqlanib qolgan. Shahar va uning atroflarida o‘rta asrlarning me’moriy yodgorliklari juda ko‘p.

Polperro, Buyuk Britaniya

Plimut yaqinida joylashgan go‘zal baliqchilik qishlog‘i yozda juda ko‘p sayyohlarni jalb qiladi va yaqinda turizm biznesi mahalliy iqtisodiyotning asosiy sanoatiga aylandi.

Gallshtatt, Avstriya

Ushbu Avstriya kommunasi uzoq tog‘li hududda joylashgan bo‘lib, Yevropaning eng go‘zal joylaridan biri hisoblanadi. Bu yerda Yevropaning eng qadimiy tuz konlari va dunyodagi eng qadimgi quvur liniyasi joylashgan bo‘lib, u orqali tuz eritmalari Ebensee shaharchasiga yetkazib beriladi.

Vengen, Shveytsariya

Vengen – Berns Alp tog‘larida joylashgan nihoyatda go‘zal qishloqdir. Bu yerda sayyohlar soni mahalliy aholidan 5 yoki 10 baravar ko‘p. Qishloqda tog‘ chang‘isi juda yaxshi rivojlangan va har yili qishda mashhur “Lauberhorn” poygalari o‘tkaziladi. Sayyohlar uchun mahalliy cherkovda organ musiqasi oqshomlari, stansiyada xalq cholg‘u orkestri ijrosida konsertlar tashkil etiladi. Vengen’da mashhur qo‘g‘irchoq teatri ham mavjud.

Obidush, Portugaliya

Ushbu go‘zal qadimiy shahar azaldan portugal qirolichalari xazinasining bir qismi bo‘lib kelgan. Shaharda ko‘plab diqqatga sazovor joylar mavjud. Ularning eng kattasi XII asrda qurilgan Obidush qal’asi hisoblanadi.

Deyya, Malyorka oroli

Ushbu kichik qishloq o‘zining go‘zal tabiati va turli vaqtlarda bu yerda yashagan ko‘plab taniqli kishilarning vatani ekanligi bilan mashhurdir. Ingliz shoiri Robert Greyvs, amerikalik yozuvchi Anais Nin, shoira Klaribel Alegriya va boshqa mashhurlar Deyya’da yashab o‘tganlar.

Bugungi kunda Deyyaning sayyohlar orasida mashhurligi shunchalik balandki, qishloqda mehmonlar uchun 20 ta restoran doimiy ravishda ishlaydi.

Ravello, Italiya

Ravelloning go‘zal tabiati har doim ko‘plab sayyohlarni jalb qilgan bo‘lib, ular orasida mashhur kishilar ham bor. Bir vaqtlar kompozitor Edvard Grig, Greta Garbo, Sofiya Loren, Gore Vidal va boshqalar bu yerda dam olishgan.

Qishloqning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri – bu 1086-yilda qurilgan sobordir. Bu yerda buyuk shahidlar va Panteleimonning shifobaxsh qoniga ega kema saqlanadi.

Puchishche, Xorvatiya

Puchishche – Brak orolida joylashgan hayratlanarli darajadagi go‘zal shaharcha. Orolning kengligi atigi 12 kilometr, uzunligi 40 kilometr. Shaharchadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda ohaktosh qazib olinadigan karerlar mavjud. Ushbu “nikoh toshi” antik davrda Diokletian saroyini bezagan va hozirgi kunda u bilan Vashingtondagi Oq uy bezatilgan. Ammo orol aholisining asosiy faoliyati, shubhasiz, dunyoning turli burchaklaridan ushbu go‘zal joylarga kelgan ko‘plab sayyohlarga xizmat ko‘rsatishdir.

Kazimej-Dolni, Polsha

Kazimej-Dolni – Polshaning eng go‘zal shaharlaridan biri hisoblanadi. Ikki yuz yildan ko‘proq vaqt davomida sayyohlar va sa’atkorlar juda ko‘p odamlarni jalb qilib kelgan. San’at galereyalari deyarli har bir ko‘chada joylashgan bo‘lib, ularni nafaqat ko‘rish, balki sotib olish ham mumkin.

Shaharda ko‘plab tarixiy binolar mavjud va qishloqning ajoyib manzaralari va xarobalari sayyohlarni kutmoqda.

Otuar, Fransiya

Otuar butun Fransiyadagi eng go‘zal qishloq deb tan olingan. Qishloq 800 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud, ammo u yerdagi aksariyat binolar XVI va XVII asrlarga oid.

Karlingford, Irlandiya

Bu kichkina qishloqda besh yuzdan ortiq odam istiqomat qiladi. 800 yil oldin Norman ritsari bu joylarda qasr qurgan. Ushbu qasr bugungi kunda Karlingfordning diqqatga sazovor joylaridan biridir.

Mittenvald, Germaniya

Mittenvald qishlog‘i Bavariya landshaftlari orasida joylashgan. Qishloq uylari xuddi ertakdagi rasmlarga o‘xshaydi. Bu yerda siz soatlab yurishingiz, atrof-muhitdan hayratlanishingiz va yodgorliklarni sotadigan do‘konlarga, nemis taomlarini taklif qiladigan kichik restoranlarga borishingiz mumkin.

Krupe, Belgiya

Krupe Valloniya vodiysida joylashgan. U yerda qadimdan go‘zal qasrlar bo‘lib, u yerga sayyohlarni kiritish mumkin bo‘lmagan.

Fyolbaka, Shvetsiya

Fyolbaka kichik baliq ovlash shaharchasi. Bugungi kunda bu yerga sayyohlar oqimi unchalik ko‘p bo‘lmayapti, ammo har yili u yanada kuchayib bormoqda. Detektiv seriallarning suratga olinishi Fyolbakaning mashhurlikka erishishiga hissa qo‘shmoqda.