Ko‘rfaz bog‘lari – Singapurning futuristik manzaralari

  • 14:47 / 02.11.2019
  • 235

Singapurning diqqatga sazovor joylaridan biri – bu ko‘rfazdagi bog‘lar, ya’ni Gardens by the Bay’dir. Aynan shu yerda “Superdaraxt” futuristik manzaralari tashkil etilgan.

СИНГАПУР 3

Bundan tashqari, bog‘ning o‘zida turli iqlim zonasidan keltirilgan 230 mingdan ortiq o‘simlik mavjud. Bog‘ besh yillik qurilishdan so‘ng, 2012-yilda butunlay yangidan qad rostlagan.

ПАРК

Issiqxona

Bog‘ga kirish bepul, ammo ixtisoslashgan issiqxonalarga kirishda chiptalar sotib olish talab qilinadi. Issiqxonalar to‘rtta futbol maydonining kattaligidagi 2 ta gumbazdan iborat.

КУПОЛ

Gumbazlardan birida siz O‘rta Yer dengizi o‘simliklari va gullarini ko‘rishingiz mumkin. Ekvator zonasining o‘simliklari qo‘shni gumbaz ostida joylashgan. Shuningdek, bu yerda siz balandligi 35 metr bo‘lgan sharsharani tomosha qilishingiz mumkin. Chipta narxi sayyohlar uchun 28 dollarga, bolalar uchun 15 dollarga tushadi.

КУПОЛ 2

“Superdaraxt”

Tashkilotchilar o‘z loyihalariga “Superdaraxt” nomini berishdi. U beton va temirdan yasalgan yuqori sifatli qurilmadir. Tropik chirmovuqlar, qirqquloq va orxideyalar hamda dunyo o‘simliklarining 160 ming turi “beton daraxtlar”da o‘sadi.

СИНГАПУР 2

Bog‘da 18 ta “superdaraxt” tashkil etilgan bo‘lib, eng balandi 50 metr, eng pasti esa 25 metrga teng. Baland daraxtlar orasida yurish uchun ko‘prik qurilgan, uning balandligidan butun bog‘ning ko‘rinishi namoyon bo‘ladi.

СИНГАПУР

“Superdaraxt” nafaqat sayyohlik maskani, balki daraxtlarning 11 tasi quyosh energiyasini qayta ishlaydi. Yana bir foydali xususiyati – u yomg‘ir suvlarini to‘playdi va undan keyinchalik o‘simliklar sug‘oriladi.