Ko‘zoynak taqadiganlar uchun 

  • 17:11 / 07.11.2019
  • 56

Ko‘zoynak idishi (futlyari)ni qidirib topish katta muammoning o‘zginasi. Bugungiday kuzgi sovuq havoda esa sovuqdan issiqqa kirish sabab ko‘zoynak shishasini par qoplashi esa... Ko‘zoynaklar ortidan keluvchi bosh og‘riqlarni ko‘plab davom ettirish mumkin.

Agar ko‘zoynak taqib yursangiz, demak quyida keltirmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar sizga asqotishi, tabiiy. 

Ko‘zoynakni kechqurun topa olmaysizmi?

Ko‘zoynak “qo‘llariga” yupqa qalinlikda fosfor bo‘yog‘idan surtiladi. Qorong‘u joyda fosfor yaqqol ko‘rinib turishi sabab siz ko‘zoynagingizni osongina topib olasiz.

Shishasini tozalash
Ko‘zoynak shishasini mikrofibra matosi yordamida yaxshi tozalash mumkin. Ushbu mato turi shisha yuzasini qirmaydi, kir to‘plamaydi. Ayrimlar kirlangan shishani kiyimining bir cheti bilan artishni xush ko‘rishadi. Bu umuman noto‘g‘ri! Chunki, bu shishaning qirilishi va ko‘zlarga ortiqcha bosim tushishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘zoynak o‘rnini bosishda

Qo‘l ostida ko‘zoynak bo‘lmagan taqdirda smartfoningizdan foydalanishingiz mumkin. 

Shishani yuvish mumkinmi?

Albatta, mumkin. Idish yuvish vositasidan ko‘zoynak shishasini yuvishda ham foydalanish mumkin. Tarkibida spirt, sirka, ammiak va oqartiruvchi moddalar bo‘lgan vositalar bilan aslo shishani yuvmaslik lozim. Ular shisha qoplamini “buzadi”.

Shishani par qoplamasligi uchun

Ko‘zoynak shishasi tez parlanib qolmasligi uchun shishasiga suyuq yoki qattiq sovundan yupqa qatlam qilib surtiladi.

Ko‘zoynak soch chambaragi emas

Ko‘zoynakdan soch chambaragi sifatida foydalanmang. Chunki boshga taqish oqibatida ko‘zoynak oprava (qolipi)si zarar ko‘rishi yoki bo‘lmasa, sochdan sirg‘alib yerga tushib ketishi mumkin. Ko‘zoynakdan foydalanmayotgan vaqtda uni chetga olib qo‘yish lozim.

Agar ko‘zoynak “qo‘llaridagi” shurup tushib qolsa

Agar ko‘zoynak “qo‘llaridagi” shurup tushib ketsa, tish kavlagichdan vaqtincha foydalanib turishingiz mumkin. Tayoqchaning uchi shurup turgan teshikka kiritib qo‘yiladi.

Ko‘zoynak “qo‘lchasi” qalini yaxshimi yoki yupqasi

Agar ko‘zoynak burun ustidan sirg‘anib ketayotgan bo‘lsa, uning “qo‘llarini” issiq suvga bir daqiqaga solib oling. Issiq suv ta’sirida plastik biroz yumshaydi. “Qo‘llar”ning quloq ortida turishga mo‘ljallangan uchini yaxshiroq qayirib oling. Issiq suv ta’sirida unga istalgancha shakl berish mumkin. 

Qanday oprava (qolipi) tanlash kerak?

Agar ko‘zlaringiz katta-katta bo‘lsa, opravasi qalin bo‘lgan ko‘zoynaklarni tanlang. Agar ko‘zlaringiz bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, ko‘zoynakning tashqi burchaklarida dekorativ detallari borlarini tanlang. Bu ko‘zlarni bir-biridan uzoq qilib ko‘rsatadi.  

Haydovchilar uchun


Hurmatli haydovchilar, plastik “ko‘zli” ko‘zoynaklarni quyosh nuri tik tushadigan joyda qoldirmang. Quyosh ta’sirida ular qiyshayishi, hatto darz ketishi ham mumkin.

Teglar