Koronavirus: 60 dan ortiq davlatlar mustaqil taftish o‘tkazmoqchi

  • 09:16 / 18.05.2020
  • 359

Yevropa Ittifoqi va Avstraliya koronavirus kelib chiqish manbasini sinchkovlik bilan o‘rganishi bo‘yicha chaqiruvi qolgan davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda ABC’ga tayanib DW xabar berdi.
Orasida Rossiya, JAR, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya kabi bo‘lgan 62 davlat dushanba kuni boshlanadigan Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasi arafasida ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan.
Avstraliya TIV rahbari Meris Peyn ushbu tashabbus tarafdorlari “sog‘liqni himoya qilish uchun butun dunyoga saboq chiqarishda yordam berish” istagida ekanligini aytgan.

*Xitoy va AQSh taftish g‘oyasiga qarshi
Taftish tashabbusi rasmiy Pekinning jahlini chiqargan. Xitoy Avstraliyani siyosiy hujum qilishda ayblagan.
Amerikalik diplomatlar esa qattiqroq tekshiruv o‘tkazish tarafdori. Ular tekshiruvni aynan Xitoydan boshlashga chaqirmoqda. 
Avvalroq, Donald Tramp va Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni virus haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblagandi.