Koronavirus: Dublin marafoni qoldirildi

  • 16:39 / 19.05.2020
  • 66

2020-yilgi Dublin marafoni koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilning oktabr oyiga qoldirildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
 
“Dublin marafoni tashkilotchilari marafon va poyga seriyalarining bekor qilinganini e’lon qilayotganidan juda ham afsusda”, deydi bosh tashkilotchi Jim Ogni.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilgi poyga uchun topshirilgan arizalar kelgusi yilda ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘langan pullar qaytarib beriladi.

“Biz marafonni xavfsiz joyda tashkillashtirish uchun ko‘plab variantlarni ko‘rib chiqdik, ammo oxir-oqibat ularning birortasi ham muqobil deb topilmadi”, deya qo‘shimcha qilgan Ogni.

Ma’lumot uchun, Dublin marafoni 1980-yildan beri har yili oktabr oyining so‘nggi yakshanbasida Irlandiyaning Dublin shahrida o‘tkaziladi. 2019-yilgi marafonda 22,500 kishi qatnashgan bo‘lib, bu musobaqa tarixidagi rekord natija hisoblanadi.