Koronavirus bilan og‘rigan bemor va uning shifokorlaridan mobil telefonlar nega olib qo‘yilayotganligi aytildi

  • 19:09 / 25.03.2020
  • 281

Bugun, 25-mart kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur brifingda Shoxruh Gʻiyosovdan tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo‘yilishining sabablari haqida so‘raldi. 

“Karantin o‘rnatilgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash ishlari yolg‘on axborotlar tarqatish, aholida vahima kayfiyatini uyg‘otuvchi materiallar tarqalishining oldini olishni ham o‘z ichiga oladi. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi vrachlardan telefon apparatlarining olib qo‘yilishi ana shu holat bilan ham bog‘liq. 

Biroq tibbiyot xodimlari oilasi, yaqinlari bilan muloqotda bo‘lishi uchun muassasada faoliyat ko‘rsatib turgan telefon vositalaridan foydalanishi mumkin”, deya yuqoridagi holatga izoh berdi IIV Matbuot kotibi.