Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etmagan shifokorlarga ham rag‘batlantirish pullari yozilgani fosh qilindi

  • 19:42 / 26.05.2020
  • 415

Koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni davolashda ishtirok etmagan xodimlarni rag‘batlantirish holatlari qayd etildi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi Axborot xizmati.

Vazirlikning Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 15–18-may kunlari koronovirus bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari va bu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 32 ta tibbiyot muassasalarida 932 nafar xodimlarga 19,6 mlrd.so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish pullari to‘lovi kechiktirganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot hodimlariga rag‘batlantirish pullari o‘z vaqtida to‘liq to‘lanishi ta’minlangan.

Shuningdek, nazorat tadbirlarida koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan xodimlarni rag‘batlantirish puli ro‘yxatiga asossiz kiritish va to‘lash holatlari ham aniqlandi, deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, asossiz va ortiqcha kiritilgan mablag‘lar o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirishdan chegirib qolindi, asossiz to‘lab yuorilgan pullarni undirish choralari ko‘rilmoqda. 

2020-yilning 26-may holatiga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga jami to‘langan to‘lovlar miqdori 142,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.