Kredit masalasidagi 5 ta noto‘g‘ri tushuncha: bu moliviy muvaffaqiyatsizlikka  olib keladi  

  • 11:06 / 23.05.2020
  • 644

Odamlar kredit masalasiga shu qadar bog‘lanib qolishganki, gohida to‘lovlarga qurbi yetmay qoladi. Ana shunday vaziyatlardan biri — inqiroz hamda pandemiya bilan bog‘liq og‘ir sharoitda to‘lovlarni amalga oshirishga imkon yo‘qligini tushunib qolishmoqda. 
Banklar kredit ta’tillarini unchalik ham xushlashmaydi. Demak, majburiyat yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish uchun imkoniyat izlash shart bo‘ladi. Ayrim odamlar esa hayotda har narsa bo‘lishi mumkin, qiyin va tasodifiy vaziyatlar uchun deb, pul jamg‘arib qo‘yishadi. Juda ko‘pchilikda esa bu narsa ko‘zda tutilmagan.     
Kreditdagi qanday anglashilmovchiliklar moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi:   
•  kredit moliyaviy muammolarni yechishga yordam beradi;
•  Bank sinsa — kreditni qaytarmaslik mumkin;
•  kredit – bu yomon;
•  to‘lov kechiktirilganining zarari yo‘q;
•  jamg‘arish qiyin – kredit olgan ma’qul.

Bunday tushunmovchiliklar moliyaviy savodi yo‘q, kreditlash tizimini tushunib olishni istamaydigan aholi o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun ham ular kreditni yomon, deb tushunishadi, boshqalar esa usiz harakat qila olishmaydi.    
Kredit moliyaviy muammolarni hal qilishga yordam berolmaydi. Aksincha, agar odamning to‘lash uchun hech vaqosi bo‘lmasa, qarzdorlik jariga tortib ketadi. Kimlardir vaziyat o‘zgaradi, degan umidda kredit olishadi. Vaziyat esa aksincha, yanada murakkablashadi. Chunki, nafaqat qarzning ona pulini, balki foizlarini ham qaytarish kerak bo‘ladi.   
Agar bank “sinsa” uning majburiyatlari albatta boshqa tashkilotga o‘tadi, shuning uchun kreditni to‘lash majburiyati turaveradi. Bundan tashqari, to‘lovlarni amalga oshirishda saktalik yuz bersa, kredit tarixi ham buziladi. Oqibatda boshqa joydan pul olish imkoni qolmaydi.  
Kredit  – yomon emas, biroq uni o‘z vaqtida yopib turish kerak.   
Darvoqe, kredit – bu yomon emas, balki ish bo‘yicha noutbuk yoki avtomobil zarur bo‘lsa, muammoni hal qilishga yordam beradi. Murakkab sharoitlarda jamg‘arib bo‘lmaydi, lekin, sotib olingan tovar vaziyatdan chiqishga va pul ishlashga ko‘maklashishi mumkin. Qolaversa, hatto boy odamlar ham depozitdan yoki investitsiyadan pul yechishni istamaganliklari uchun kredit olishadi. Bu yaxshi foyda keltiradi va natijada kredit to‘lovlari osongina qoplanib ketishi mumkin. Tovar sotib olingan, narxi belgilangan, tovarning narxi oshib ketish xavfi endi qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Kreditni hamyonga ortiqcha yuk tushirmasdan to‘lash osonlashadi. 

To‘lovlarni esa kechiktirib bo‘lmaydi. Kechikish kredit tarixiga ta’sir qilishi va uni 10 yillar davomida ham tiklab bo‘lmaydigan darajaga olib kelishi mumkin. Qolaversa, hamma banklar va xatto MV ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Albatta. Ko‘pchilik pulni jamg‘arish qiyin, tovarni kreditga olgan ma’qul, deb hisoblaydi. Agar olinadigan tovar unchalik ham qimmatbaho bo‘lmasa, bu maqsadga muvofiq. Biroq, kredit olishda to‘lovlardan tashqari shaxsiy xarajatlar ham borligini ko‘zda tutish kerak.   
Albatta bu borada oylik maoshning xajmi muhim ahamiyatga ega.  Biroq, uncha katta bo‘lmagan tovarlar uchun o‘zingiz pul to‘plaganingiz ma’qul. Shunda foizlar to‘lovidan qutilasiz. Shuningdek, sug‘urtaga ham ishonib qolmang, u xam to‘la yordam berolmaydi. Hammasi o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va qarzdorlikni unutib yuborishadi, deb ham o‘ylash mumkin emas. Qarzlar majburiy ijro organlariga o‘tkaziladi va ular mol- mulkni musodara qilish bilan qarzdorlikni qoplashadi. 
Teshik tog‘ora oldida qolib ketmaslik va oxirgi imkoniyatdan ham quruq qolmaslik uchun moʻjizaga ishonib o‘tirmasdan, lotoreyaga chiqmasligi ehtimoli katta bo‘lgan yutuqni kutmasdan, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan ma’qul. Aks holda qarzdorlik oshib, hayot murakkablashib boraveradi. 

Navfalbek Boltayev tayyorladi