Kun tarixi: Bundan 242 yil avval kashf qilingan orolga Sendvich nomi berilgan. Bu qaysi orol?

  • 12:26 / 18.01.2020
  • 654

1778-yil 18-yanvarda taniqli ingliz navigatori Jeyms Kuk uchinchi marta dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirganida Gavayi orollarini yevropaliklar uchun ochib beradi. Kuk ikkita non orasiga biror mahsulot (yoki “nachinka”) solib yeyiladigan sendvichni ixtro qilgan Jon Mantegyu sharafiga orolga Sendvich deb nom beradi. 

Kuk Gavayi orollariga kelganida u yerda qariyb bir yarim ming yildan beri polineziyaliklar yashayotgandi. Gavayi orollarining asl xalqi kimlar bo‘lgani haligacha noma’lum. Eng keng tarqalgan nazariyaga ko‘ra, birinchi bo‘lib polineziyaoiklar miloddan avvalgi 300-yillarda Markes orollaridan bu yerga ko‘chib kelgan. Keyin, taxminan, 1300-yilda Taiti ko‘chmanchilari polineziylarning maskanini bosib oladi. Buning natijasida orolda murakkab diniy, ijtimoiy tizim shakllanadi. 

Yevropaliklar Gavayi orollarida bir nechta davlat tuzilmalarini topishgan. Ular 1810-yilda Kavamea I boshchiligidagi yagona Gavayi qirolligiga birlashib, Yevropaning qurol-yarog‘iga ega bo‘ladi. Gavayidagi shakarqamishlar AQShni qiziqtirib qo‘yadi. Natijada AQSh Gavayi orollarining siyosiy, iqtisodiy masalalariga aralashadi. Boshqa odamlarning kelishi natijasida tashqi immunitetga ega bo‘lmagan orol aholisi ommoviy qirilib keta boshlaydi. Asr oxiriga kelib 300 ming Polineziya aholisidan, taxminan, 30 ming kishi qoladi. Ishchi kuchi kamaygach 1852-yilda Gavayi qishloq xo‘jaligi birlashmasi polineziyaliklarning o‘rniga 200 ming xitoylikni olib keladi. Shundan so‘ng yangi ishchi kuchi paydo bo‘lib boraveradi. Natijada orolda yapon, filippin, koreys, shuningdek, yevropadan kelgan ishchilar paydo bo‘ladi. 

Hozirgi kunda Gavayi orollari AQShga qarashli shtat hisoblanadi. 
Gavayi shtatining rasmiy nomi – “Aloha shtati”, ya’ni mehmondo‘st davlat yoki “mehmondo‘stlik shtati” deb nomlanadi. 
Ishonish qiyin-ku, ammo Gavayi tog‘larining eng baland cho‘qqilarida qor bor.

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Gavayi orollarida dunyodagi eng kuchli vulqon zonalari joylashgan. 
Kilauea vulqoni 1983-yilda otila boshlagan va portlashlar hali ham davom etmoqda.

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Mashhur Gavayidagi plaj – Vaykiki sun’iy ravishda yaratilgan, buning uchun Kaliforniyadan qum olib kelingan.
Gavayida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi AQShning barcha shtatlariga qaraganda yuqori hisoblanadi.
Yana bir qiziq fakt Gavayida umuman ilon yo‘q.

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Maqola so‘nggida Gavayi orollarining hozirgi manazaralari tushirilgan rasmlarni ilova qilamiz.

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Интересные факты - Гавайи (острова) Факты, Интересное, Гавайи, Познавательно, Длиннопост

Nozima RAHMATOVA tayyorladi