Kun tarixi: Garvard universiteti 383 yoshda

  • 17:17 / 08.09.2019
  • 677

Garvard AQShdagi Yoshi ulug‘ universitetlardan biri. U Boston shahri yaqinidagi Kembrij shahrida joylashgan bo‘lib, 1636-yilda dastlab kollej sifatida tashkil etilgan. 1639-yildan e’tiboran mazkur ta’lim maskani kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat bakalavri J.Garvard nomi bilan atala boshlandi. XX asrning 1-choragida esa u universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, pedagogika, fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Unda qariyb 20 ming talaba taʼlim oladi. Universitet kutubxonasida (1638-yil tashkil etilgan) 8 millionga yaqin kitob saqlanadi.

Teglar