Kuningiz, hatto, hayotingiz uchun zararli bo‘lgan ertalabki odatlar

  • 00:37 / 19.09.2019
  • 1645

1. Soat millarini orqaroqqa surib qo‘yasiz

Ba’zida, “budilnik” jiringlaganida, uyg‘onishga holimiz bo‘lmaydi va uni 5 daqiqa keyinroqqa surib qo‘yamiz. Yana besh daqiqaga. Keyin o‘n daqiqaga… So‘ng ikki daqiqaga. 
Uyqu bo‘yicha mutaxassis Timoti Margentalerning aytishicha, bu juda, juda yomon odat.

Soat millarini keyinga surib, chuqur uyquni, aniqrog‘i chala qolgan uyquni davom ettirishga kirishasiz. Bu esa yana-da og‘ir ahvolda uyg‘onishingizni ta’minlaydi, xolos. 
Yaxshisi normal uyg‘onishni boshlang. 

2. G’ujanak bo‘lib yotasiz

Garvard universitetidan psixolog Emi Kaddi – uyg‘ongach, kerishishni (muskullarni yozishni) maslahat beradi. U ertalablari embrion singari g‘ujanak bo‘lib yotadigan odamlar stressga moyilroq ekanligini aniqladi. Turli tomonlargadumalab uxlaydiganlar esa o‘zlarida yaxshi kayfiyat uyg‘otar ekan va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kun davomida o‘zini yaxshiroq his qilarkan.  

3. Ijtimoiy tarmoqlarda faolsiz, telefoningiz pochtasini tekshirasiz

Ertalab uyg‘ongach, qiladigan birinchi ishingiz – qo‘lingizga telefonni olish bo‘lsa, buni to‘xtating. Tarmoqlarda ma’nosiz sayr qilish kuchingizni olib qo‘yadi, bitta xabar boshqasiga ulanadi, hali o‘riningizdan turmasdanoq ishlashni boshlaysiz. Xavotir va asabiylik kun davomida hamrohingiz bo‘ladi. 

4. To‘shagingizni tartibga keltirmaysiz.

Buning ilmiy isboti bo‘lmasa-da, samaradorlik bo‘yicha ko‘pchilik mutaxassislar bir fikrda: yotog‘ini tartibga keltirish – chempionlarning odati. 

5. Uyg‘onishingiz bilan kofe ichasiz

Sizning tanagiz 8-00 dan 9-00 gacha vaqt oralig‘ida energiyani boshqaradigan kortizol (stress gormoni)dan ko‘p ishlab chiqaradi. Shuning uchun ko‘pchilik odamlar uchun 9:30 da qahva ichgan ma’qul. Agar 7:00 da uyg‘onsangiz, birinchi finjon uchun shoshmang, yo‘qsa – teskari natija olasiz.   

6. Qorong‘uda tayyorlanasiz.

Ehtimol, g‘ira-shiralikda kiyinishingiz qulaydir, ammo odamning ichki soatlari yorug‘lik va qorong‘ulikka juda ta’sirchan. Qorong‘ulik tanangizga hali tun ekanligi haqida signal beradi, natijada uyg‘onishingiz qiyinlashadi. Uyqu bo‘yicha mutaxassis Natali Dautovich uyg‘onganingizda hali qorong‘u bo‘lsa, yorug‘ chiroqni yoqishni maslahat beradi.

7. Sizning rejangiz yo‘q.

Odatda uyquga yotayotganingizda, ertalab nima qilishni bilmaysiz. Ehtimol, musiqa tinglarsiz, ehtimol, kofe ichish uchun ko‘chaga chiqasiz, do‘stingiz bilan qo‘ng‘iroqlashasiz. 
Umuman olganda, buning yomon tomoni yo‘q, ammo mutaxassislar har kuni ertalab qiladigan ishlaringiz: nima yeysiz, nima kiyasiz, ishlaringizni qanday tartibda qilasiz – avvaldan rejalashtirib qo‘yishni maslahat beradilar. Bu miyangizni toliqtirmaydi, stressni, xavotirni kamaytiradi va kun davomida yana-da, diqqatli bo‘lishingizga yordam beradi.