Kuzda kasallik yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

  • 22:20 / 04.10.2019
  • 616

Sovuq ob-havoda immunitetni saqlab qolish, ayniqsa, yo‘tal va grippga chalingan kishi bilan muloqot qilishdan qochish juda muhimdir. Lekin har doim ham bunday qila olmaymiz. Shuning maqsadda siz uchun 10 ta tavsiya tayyorladik. Bu esa har qanday kasallikni yuqtirmaslikka yordam beradi.

Kiyimlaringizni issiq suvda yuving

Ba’zan elektr energiyasini tejash maqsadida kiyimlarimizni past haroratdagi suvda yuvamiz. Ammo shifokorlarning aytishicha, mikroblarga qarshi hujumlar paytida kir yuvish mashinasidagi suvning harorati kamida 40 daraja bo‘lishi kerak (albatta, yupqa matodan tikilgan kiyimlar bo‘lmasa).

Jamoat joylarida kiyimga yopishgan mikroblar faqatgina ushbu haroratda nobud bo‘lishi mumkin.

Shirinliklarni kamroq yeng

Loma Linda universitetida (Kaliforniya, AQSh) o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga 100 gramm shakar iste’mol qilish (shu jumladan, ichimliklar, pecheniye va boshqa taomlardagi shakar) immunitetning pasayishiga olib keladi.

Buning sababi shirinliklar mikroblarni o‘ldirish qobiliyatini qisman yo‘qqa chiqaradi. Bu hodisa shirinliklarni iste’mol qilgandan so‘ng, taxminan 5 soat o‘tgach kuzatiladi. Agar siz shu paytda kasallangan odamga duch kelsangiz, mikroblar sizga ham yuqishi mumkin.

Salfetka va antiseptiklar o‘rniga sovun va suvdan foydalaning

Ko‘pchilik antiseptiklar viruslardan himoya qilishi mumkin, deb o‘ylashadi. Aslida, sanitariya vositalari tarkibidagi 80 foiz alkogol ham jamoat joylari va eshik tutqichlaridan tushgan barcha gripp patogenlarini tozalay olmaydi.

Himoya qilishning eng ishonchli vositasi – bu sovun va suv! Ko‘chadan kelgach, qo‘lingizni sovun bilan yaxshilab yuving. Shuningdek, ushbu amaliyotni kun davomida takrorlash tavsiya etiladi.

Yengil sport bilan shug‘ullaning

Fitness, oddiy yurish yoki kundalik uy yumushlari immunitetni oshirishga yordam beradi. Biroq, Loughborough universiteti (Angliya) olimining izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, qizg‘in mashg‘ulotlar, aksincha, immunitet reaksiyalarini bostiradi. Buning sababi shundaki, og‘ir yuk ostida tana stress gormonlarini ishlab chiqaradi va immunitetga ta’sir qiladi.

Burningizni issiq tuting

Buvilarimiz, ota-onalarimiz oyoqlarimizni issiq tutish muhimligini har doim uqtirishadi. Ammo shifokorlar kuz va qishda tez-tez kasal bo‘lishimizning asosiy sabablaridan biri gipotermiya ekanligini aniqlashdi. Aynan u havo tomchilari orqali yuqadigan infeksiyalar ichkariga kiradi va haroratning pasayishi tufayli qon aylanishi sekinlashadi. Buning natijasida past immunitetli qon hujayralari mikroblar bilan to‘qnashadi.

D vitamini yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldiring

Organizmda D vitamini yetishmasligi bilan immunitet tizimini rag‘batlantiradigan moddalar ishlab chiqarish sezilarli darajada kamayadi. Natijada har qanday infeksiyani yuqtirish xavfi uch baravar ko‘payadi! Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun D vitamini bilan boyitilgan ovqatlar, masalan, tuxum, jigar, baliq va sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qiling.

Kamida 8 soat uxlang

8 soat uxlash juda muhim. Yel universiteti olimlari bunday dam olish rejimi to‘g‘risida bahsga kirishdi. Tadqiqot davomida ular uyqusizlik bilan immunitet uchun javob beradigan TLR-9 geni buzilganligini aniqlashdi. Kuniga 7 soatdan kam uxlaydigan odamlar, to‘yib uxlaydiganlarga qaraganda uch marta ko‘proq kasallikka chalinishadi.

Burningizni sho‘r suv bilan yuving

Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari tuzli dushning virusli kasalliklar oldini olishdagi samaradorligini tasdiqladi. Gap shundaki, burunni tuzli suv bilan yuvish mikroblarning sonini kamaytirishga yordam beradi va ularning burun bo‘shlig‘iga kirishiga imkon bermaydi. 

“Ikki o‘rindiqli qoida”ga amal qiling

Avstraliyalik olimlar shuni aniqlashdiki, agar siz kasal odam bilan yaqin o‘tirsangiz, grippni yuqtirish xavfi ba’zan oshadi. Shuning uchun, jamoat transportida, kino yoki kafeda bo‘lganingizda kasallikning aniq belgilari (yo‘tal, gripp va boshqalar) bo‘lgan odamlardan iloji boricha uzoqroq o‘tirishga harakat qiling.

Qo‘l berib so‘rashishni kamaytiring

Hozirda urfga kirgan bu tarzdagi ko‘rishish sovuq mavsumda xavfli bo‘lishi mumkin, chunki qo‘l bilan so‘rashganingizda, siz ularning mikroblarini olasiz. Tabiiyki, virus teri orqali yuqmaydi, ammo ko‘pchilik odamlar ko‘zlarini ishqalaydi, burunini tirnaydi, qo‘llarini yuzlariga tekkizadi va hokazo. Buning o‘rniga salomlashishning boshqa usulini qo‘llang yoki har gal qo‘l berib so‘rashgandan keyin qo‘lingizni sovun va suv bilan yuving. To‘g‘ri, hamrohingiz buni noto‘g‘ri tushunib, sizdan xafa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun buni unga sezdirmaslikka harakat qiling. Bilib qolganida ham bundan xijolat bo‘lmay, vaziyatni tushuntiring. Unutmang, salomatligingiz siz uchun birinchi o‘rinda. U haqida qayg‘urishning yomon joyi yo‘q.