Lamborghini birinchi gibrid modelini yaratdi

  • 17:27 / 05.09.2019
  • 355

Italiyaning Lamborghini kompaniyasi o‘zining birinchi gibrid modelini namoyish etdi. Bu Aventador seriya asosida yaratilgan bo‘lib, superkar Sianning modifikatsiyasi hisoblanadi. Bu haqida Motor 1 xabar bermoqda.

Rasmiy taqdimot Frankfurtdagi xalqaro avtosalonda bo‘lib o‘tdi. Superkarlar 63 dona ishlab chiqarildi va barcha avtomobillar taqdimotdan oldin sotib bo‘lindi.

Mashina gibrid kuch qurilmasi 6,5 litrli atmosfera dvigateliga 12 volt va 48 voltli elektr motor bilan jihozlangan bo‘lib, jami quvvat 800 ot kuchidan oshadi. Elektromotor mashinani orqaga qarab sekin to‘xtash vaqtida, shuningdek, noldan soatiga 130 kilometrgacha tezlikda ishlaydi.

Odatda gibridlar lityum-ionli batareyalarga joylashtiriladi, ammo Lamborghini’da bu rad etildi. Chunki u Sian superkondensatorlari bilan jihozlangan. Ular batareyalardan ko‘ra yengilroq va tezroq quvvat beradi, bu superkar uchun juda muhim hisoblanadi. Mashina 2,8 soniyada soatiga 0 dan 100 kilometrgacha tezlashishi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 350 kilometr.

Teglar