Ledi Gaga va Ariana Grande hamkorlikda yangi trek yaratishdi

  • 12:00 / 23.05.2020
  • 256

Ledi Gaga va Ariana Grandening birgalikdagi yangi singli “Rain On Me” e’lon qilindi. Bu Gaganing Ariana bilan kuylagan yagona qo‘shig‘i emas!

Klip haqida qisqacha
Yangi klip hali e’lon qilinganicha yo‘q. Ammo tizer orqali ikki xonandani ikki xil qiyofada ko‘rish mumkin. Qo‘shiqni yaratish Gaganing aytishicha, juda oson kechgan. Chunki ikkala xonanda bir-birini juda yaxshi tushunishadi va kelisha olishadi. Klipdagi yangicha qiyofa Arianani butunlay yangitdan kashf qilishga sabab bo‘ldi, deydi Ledi Gaga.
Tizerni tomosha qila turib, hamkorlikdagi klip muvaffaqiyatli chiqqanligining guvohi bo‘lish mumkin. Klip qo‘shig‘i 21-22 may kuni e’lon qilindi va yarim mln marta tinglandi.
Ledi Gaga qo‘shiq she’rini studiyaning o‘zida yozgan ekan. Klipdagi qo‘llanilgan yomg‘ir obrazi ko‘z-yoshlarni ifodalaydi. Gaganing o‘z Intagram sahifasida aytishicha, qo‘shiq ko‘plab ma’no-mazmunga boy.

Teglar