Leningrad qamali: Tarixni yig‘latgan 871 kun

  • 23:39 / 11.09.2019
  • 1116

Leningrad qamali Ikkinchi Jahon urushi davrida shaharning nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olinishiga boʻlgan urinishi paytida yuz bergan. Leningrad uchun jang 1941-yil 8-sentyabrda nemis qoʻshinlarining mahalliy temiryoʻl stansiyasini egallab olib, shaharni quruqlikdan va butun mamlakat bo‘ylab aloqadan uzib qoʻyganidan soʻng boshlandi. Shu bilan tarixda 871 kun davom etgan qamal kunlari boshlandi. Mamlakatning Leningrad bilan aloqasi faqat Ladoga koʻli yoki havo yoʻllari orqaligina amalga oshirilib turdi. 
 
Sobiq Ittifoq qoʻshinlari 1941-1942-yillarda shaharni ozod qilishga bir necha bor urinib koʻrishgan. Ammo 1944-yilga kelibgina ular buning uddasidan chiqa olishdi.

1944-yil yanvar-fevral oylarida amalga oshirilgan Krasnoselsko-Ropshinskiy operatsiyasidan so‘ng shahar butunlay qamaldan ozod etildi.

Leningrad qamali va uning himoyasida qatnashgan mahalliy aholini hanuzgacha Vatan uchun kurash va uning himoyasida namuna qilib koʻrsatadilar. Xoʻsh, 871 kun Leningrad shahri aholisi boshiga qanday kunlarni solgandi?..

840 ta sanoat korxonalari binosi yaroqsiz holga keltirildi. Qariyb 5 million metr kvadrat turarjoy maydoni (shundan 2,8 mln. metr kvadrati butunlay vayron boʻlgan)ga zarar yetgan

Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda shu kunlar ichida 641 ming kishi ochlikdan vafot etgan (ayrim manbalarda qurbon soni 800 ming nafargacha yetgani aytiladi)

17 ming nafarga yaqin kishi harbiy harakatlar qurboni boʻlgan. Shundan 34 ming nafari jarohatlangan

Leningradagi blokada paytida oziq-ovqat har qanday yo‘l bilan qo‘lga kiritildi, shu jumladan, shahardagi katta bo‘shliqlardan poliz ekinlari maydoni sifatida foydalanilgan

Teglar